+998 91 599-21-55
Logotype

Aynur Ibodullayevna Suyarova

03.09.2020

Aynur Ibodullayevna Suyarova 1987-yil 13-iyulda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) da tug’ilgan. Otasi Ibodullo Jumayev – o’zbek, onasi Liza Jumayeva – qozoq millatiga mansub. O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida voyaga yetgan. Xatirchi tumanining Nodira nomidagi 19-o’rta maktabini 2005-yilda imtiyozli  tamomlagan. 2005-yilda Navoyi davlat pedagogika institutiga o’qishga kirib, uni ham imtiyozli tugatgan. 2009-2011 yillarda magistraturada tahsil oldi. 2009-yilda avval Navoiy tibbiyot kollejida, keyinchalik Xatirchi uy-joy kommunal kollejida rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi bo’lib ishladi. 2012-2015 yillarda Samarqand shahridagi 32-o’rta maktabda, 2015-2019 yillarda Jizzaxdagi 17-o’rta maktabda o’qituvchi bo’lib ishladi. 2019-yildan boshlab, Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitetning Jizzax filialida ishlab kelmoqda.  Aynur Ibodullayevna Suyarova bir qancha maqolalar muallifi. Turmushga chiqqan, ikki nafar farzandi bor.

Hali ham savollaringiz bormi? Ma'lumotlaringizni qoldiring, biz sizga yana qo'ng'iroq qilamiz