+998 91 599-21-55
Logotype

Go’zal Akramjonovna Egamberdiyeva

07.09.2020

Go’zal Akramjonovna Egamberdiyeva 1989-yil 20-aprelda Andijonda tug’ilgan. O’rta maktabni tamomlagach, Z.M. Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining tarix fakultetiga o’qishga kirgan. Toshkentga ko’chib kelgach, 2014-yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining magistraturasiga qabul qilindi. Maktabda tarix fanidan dars berdi. 2019-yilda tarix fakultetining “O’zbekiston tarixi” kafedrasi doktoranturasiga o’qishga kirdi. Ilmiy ishining mavzusi: “Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etish jarayonida O’zbekistonda turizmni rivojlantirish”. “O’zbekistonda tarixiy-madaniy merosni ommalashtirish va turizmni rivojlantirish” nomli monografiya va O’zbekiston turizmi mavzusidagi 20dan ortiq  ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Turmushga chiqqan, ikki nafar farzandi bor.

Hali ham savollaringiz bormi? Ma'lumotlaringizni qoldiring, biz sizga yana qo'ng'iroq qilamiz